Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan 'Raqamli O'zbekiston - 2030' dasturi asosida klinikamiz respublikada yetakchilardan bo'lib to'liq qog'ozsiz ish yuritish tizimiga o'tdi. Elektron tibbiy karta (Medical Record) tizimi bemorning tahlillari va tarixining yagona platformada xavfsiz saqlanishini ta'minlaydi.
Qulaylik va shaffoflik
Qabulga yozilishni saytimiz orqali yoki Call markaz orqali masofadan band qilish imkoniyati bemorlarning shifoxona yo'lagida vaqt sarflashlarini qisqartirdi. Tizim avtomatik ravishda tekshiruv natijalarini shifokor planshetlariga jonatadi.