Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazining Jizzax filialida ishlovchi 5 nafar yetakchi shifokor mutaxassislarimiz davlat dasturi doirasida Yevropaning yetakchi klinikalarida tajriba almashish baxtiga muyassar bo'ldilar.
Innovatsiyalarni mahalliy tajribaga tatbiq etamiz
Ayniqsa, minimal invaziv (qovurg'ani kesmasdan kichik teshiklar orqali amalga oshiriladigan) operatsiyalar bo'yicha kuchli malakaga ega bo'lib qaytgan shifokorlarimiz qisqa vaqt ichida ushbu usulni Jizzaxda ham mustaqil qo'llashni boshlaydilar. Bu bemorlarning operatsiyadan so'ng 2-3 kunda oyoqqa turishini ta'minlaydi.