Kardiolog sifatida ta'kidlaymizki, yurak salomatligining eng arzon va ishonchli usuli - bu faol turmush tarzi. Marafonimizda qatnashgan turli yoshdagi hamyurtlarimiz shaxsiy o'rnak bo'lishdi.
Harakatda - barakat!
- Marafon davomida 100 dan ortiq qariyalarga markaz shifokorlari tomonidan bepul bevosita tibbiy maslahatlar berildi.
- Qon bosimi, qand darajasi va EKX o'lchov ishlari tezkor xizmat guruhlari tomonidan bajarildi.
- G'oliblarga klinikamiz va viloyat hokimligining qimmatbaho sovg'alari topshirildi.
Biz bu singari aksiya va ommaviy marafonlarni har faslda kamida bir marta o'tkazishni rejalashtirganmiz.