Tug'ma yurak nuqsoni bilan kasallangan bolalar uchun terapiya va jarrohlikdan so'ng reabilitatsiya juda muhim hisoblanadi. Bolalar psixologiyasini inobatga olgan holda, markazning III filialida bolalar uchun mutlaqo o'zgacha dizayndagi zamonaviy palatalar ochiq deb e'lon qilindi.
Bolalar tabassumi uchun xizmat qilamiz
Ushbu xonalarda barcha zaruriy kuzatuv uskunalari yashirin formatda o'rnatilgan bo'lib, bolaga kasalxonada ekanligi haqida qo'rqinchli his bermaydi.