O'zbekistonda yoshi 40 dan oshgan aholining taxminan 35% yuqori qon bosimi, ya'ni arterial gipertenziyadan aziyat chekadi. Noto'g'ri ovqatlanish, kam harakatlik, stress va asab buzuqliklari uning asosiy sabablaridandir.
Nima uchun qon bosimi oshadi?
- Iste'mol qilinadigan tuz miqdorini sutkasiga 5 grammdan oshirmang.
- Haftada kamida 150 daqiqa o'rtacha tezlikda piyoda yurish.
- Ratsioningizga kaliy va magniyga boy mahsulotlarni (banan, dukkaklilar, ko'katlar) kiriting.
- Shifokor ko'rsatmasisiz dorilarni to'xtatmang va almashtirmang.
Agar sizda muntazam bosh og'rig'i, ko'ngil aynishi va quloqda shovqin kuzatilsa, albatta shifokor-kardiologga uchrashishingizni so'raymiz. Bizning markazimizda buning uchun kompleks tekshiruv (Holter, EKX, UZI) barcha sharoitlar yaratilgan.