Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax filialida bemorlarga ko'rsatiladigan tibbiy xizmat sifatini oshirish maqsadida yangi texnologiyalar tatbiq etilmoqda. Bugun markazimizga Yevropaning yetakchi ishlab chiqaruvchilaridan zamonaviy angiografiya uskunasi keltirildi.
Tashxis va davolash sifatining yangi bosqichi
- Yurak qon tomirlari holatini 3D formatda aniq ko'rish imkoniyati
- Operatsiya vaqtini 30% ga qisqartirish
- Bemorlar uchun minimal radiatsiya dozasi
- Yuqori aniqlikdagi tasvirlar orqali erta tashxis qo'yish
Ushbu uskuna orqali ishemik kasalliklar, miokard infarkti va boshqa qon tomir xastaliklarini endovaskulyar (qonsiz) yo'l bilan davolash yanada aniq va xavfsiz bo'ladi. Yangi jihozlarni klinikaga o'rnatish ishlari kelgusi haftagacha yakunlanishi ko'zda tutilgan.