cardiologiya.uz
УзO'z
Yangiliklar/Anjumanlar

Yurak xastaliklarini barvaqt aniqlash bo'yicha xalqaro anjuman bo'lib o'tdi

3/7/2026
454 ko'rishlar
Yurak xastaliklarini barvaqt aniqlash bo'yicha xalqaro anjuman bo'lib o'tdi

Prezidentimizning sog'liqni saqlash tizimini rivojlantirishga oid qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida, filialimiz bazasida xalqaro ilmiy konferensiya tashkil etildi. Unda Rossiya, Hindiston, Turkiya va Janubiy Koreyaning yetakchi kardiolog-jarrohlari o'z ma'ruzalari bilan qatnashdi.

Zamonaviy jihozlar va malakali tibbiyot.
Zamonaviy jihozlar va malakali tibbiyot.

Xalqaro tajriba almashinuvi

Konferensiya davomida yurak ishemik kasalligini barvaqt aniqlash, murakkab operatsiyalarda yangicha yondashuvlar va operatsiyadan keyingi reabilitatsiya masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, xorijlik mutaxassislar ishtirokida 10 dan ortiq murakkab amaliyotlar master-klass sifatida namoyish etildi.

Boshqa xabarlar